
"Arsenal" "Nyukasl"ga imkoniyatni boy berdi (video)
Angliya Premer-ligasi 10-turidan o‘rin olgan "Nyukasl" - "Arsenal" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon "qarg‘alar" kichik 1:0 hisobida g‘olib bo‘lishdi.
Yagona gol 13-daqiqada Isak tomonidan kiritildi. Shu tariqa "Arsenal" mavsumdagi 2-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Hozirda "to‘pchilar" 18 ochko jamg‘arishgan. Quyida uchrashuv videosharhini tomosha qiling.
Fikrlar