"Arsenal" oʻz futbolchisini superklubga bermadi
Londonning «Arsenal» jamoasi hujumkor yarim himoyachi Itan Nvaneri bo‘yicha «Milan» klubi bilan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi.
Italiya grandi 19 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olib, keyinchalik to‘liq sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishni istagan edi. Ammo «kanonirlar» bu taklifni darhol rad etgani haqida Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Arsenal» rahbariyati iqtidorli angliyalik futbolchi bilan hozircha xayrlashish niyatida emas. Ehtimol, Nvanerini faqat sotib olish shartisiz, «quruq» ijara asosidagina boshqa klubga qo‘yib yuborishlari mumkin.
Itan Nvaneri Premier-liganing birinchi turida «Koventri»ga qarshi o‘yinni zahirada o‘tkazdi. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida esa u «Arsenal» tarbiyalanuvchisi sifatida Fransiyaning «Marsel» klubida ijara asosida maydonga tushgan edi.

Fikrlar