"Arsenal" o‘zi kutgan yulduzga erishdi

  • 05.08.2026 08:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Arsenal» va «Nyukasl» braziliyalik yarim himoyachi Bruno Gimaraesh transferi bo‘yicha muzokaralarni yakunlash arafasida turibdi.

The Athletic nashri xabariga ko‘ra, tomonlar bitim shartlarini deyarli kelishib olgan, transfer esa yakuniy bosqichga kirgan. 

Yaqin kunlar ichida futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ruxsat olishni va London klubiga o‘tish jarayonini rasmiy yakunlashni kutmoqda.

Avvalroq Bruno Gimaraesh «Nyukasl» rahbariyatini o‘z faoliyatini «Arsenal»da davom ettirish istagi borligi haqida xabardor qilgani ma’lum qilingan edi. U «qarğalar» safida 2022 yil yanvaridan buyon o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. 

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!