"Arsenal" o‘z hujumchisini "Real"ga taklif qildi
"Arsenal" hujumchi Gabriel Jezus bilan xayrlashishi mumkin. London klubi braziliyalik forvard uchun yangi jamoa izlamoqda.
"Defensa Central" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, kuni kecha "to‘pchilar" Jezusni "Real"ga taklif qilgan. "Kanonirlar"ning fikricha, Gabriel "Lion"ga ijaraga ketgan Endrikning o‘rnini egallashi mumkin edi. Biroq, "qirollik klubi" bu taklifni rad etgan. Madridliklar qishki transfer oynasida hujumchi sotib olishni reja qilmagan.
28 yoshli futbolchining hozirda transfer bozoridagi narxi 20 million evroni tashkil etadi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
Eslatib o‘tamiz, forvard joriy mavsum Arteta qo‘l ostida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U mavsumning ko‘p qismini jarohat sabab o‘tkazib yubordi.
Fikrlar