"Arsenal" "Real" futbolchisini ijaraga oladi

  • 22.07.2019 08:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Arsenal" klubi "Real" xavbeki Dani Sebalosni o‘z safiga qo‘shib oladi.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 22 yoshli ispaniyalik futbolchini bir mavsumga ijaraga olishmoqchi. Biroq, klublar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra londonliklar keyinchalik Sebalosni sotib olish huquqiga ega bo‘lishmaydi.

Ma’lumot uchun, Sebalos o‘tgan mavsum “Real” safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!