"Arsenal" "Real"ga: Katta pul olib, keyin keling!
Londonliklar transferga rozi, lekin...
Londonning «Arsenal» jamoasi bilan shartnoma asosida o‘ynayotgan italyalik himoyachi Rikardo Kalafiori hanuzgacha Madridning «Real» klubi transfer ro‘yxatida qolmoqda.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlariga ko‘ra, «Arsenal» rahbariyati «Real»ga aniq signal yuborgan: agar madridliklar Kalafiorini qo‘lga kiritishni istasa, oddiy taklif bilan emas, balki haqiqatan ham favqulodda, katta miqdordagi moliyaviy taklif bilan chiqishlari kerak bo‘ladi.
Kalafiori 2024 yil yozida London klubi safiga qo‘shilgan. 24 yoshli italyalik futbolchi «Arsenal» bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Himoyachining transfer qiymati hozircha taxminan 65 million yevro atrofida baholanmoqda.
Izohlar (0)