"Arsenal" "Real"yulduzi uchun 80 mln evrolik taklif tayyorlamoqda

  • 10.01.2026 19:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi turkiyalik yarim himoyachi Arda Gyuler uchun Madriddning "Real" klubiga taklif bilan chiqmoqchi. Bitim summasi 80 mln evroni tashkil etishi mumkin. Bu haqida jurnalist va insayder Ekrem Konur o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Avvalroq, futbolchiga "Liverpul" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, "qaymoqranglilar" 20 yoshli hujumchini qo‘yib yubormoqchi emas, chunki uni klubning uzoq muddatli loyihasining bir qismi sifatida ko‘rmoqda.

Joriy - 2025/2026 yilgi mavsumda hujumchi 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Arda Gyuler 2023 yilning iyulidan beri "Real" sharafini himoya qilmoqda. Turkiyalik yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 90 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!