"Arsenal" Remziga A Seriyadan o‘rinbosar topdi

  • 09.04.2019 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyaning "Fiorentina" klubi xavbeki Jordan Veretu "Arsenal"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Metro nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 26 yoshli frantsuz futbolchisini yozda "Yuventus"ga ko‘chib o‘tadigan Aaron Remziga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rishmoqda. “Binafsharanglilar” esa ushbu futbolchini 35 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Veretu joriy mavsum “Fiorentina” safida jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!