
"Arsenal" safarda "Vest Bromvich" darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi (video)
Angliya premer-ligasining 17-turida “Arsenal” safarda “Vest Bromvich” mehmoni bo‘ldi.
O‘yin “kanonirlar”ning to‘liq ustunligida kechdi va bu yakuniy hisobda ham o‘z aksini topdi. “Arsenal” shu kuni mehmonda 0:4 hisobida g‘alaba qozondi. Londonliklar safida Kiran Tirni (23'), Bukayo Saka (28') va Aleksandr Lyakazett (60', 64') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar