“Arsenal”: Sen boshqa klublarda yana bir aylanib kel
Angliyaning amaldagi chempioni “Arsenal” rahbariyati iste’dodli futbolchi Itan Nvanerini to‘liq sotib yuborishni istamayapti va o‘z vingerini ijaraga berish variantini afzal ko‘rmoqda.
Nvaneri bu yozda “Marsel”dagi unchalik omadli bo‘lmagan ijaradan keyin “Arsenal”ga qaytdi. O‘tgan yakshanba kuni “kanonirlar”ning “Manchester Siti”ga qarshi Angliya Superkubogi bahsi uchun qaydnomasiga ham kiritilmadi.
“Arsenal” rahbariyati Nvaneri faoliyatining shunday bosqichida ekanini yaxshi tushunadi: 19 yoshli angliyalikka muntazam o‘yin amaliyoti kerak. Biroq “kanonirlar” tarkibidagi yuqori raqobat tufayli bu imkoniyatni ta’minlash qiyin.
Shu bilan birga, “Arsenal” Nvanerini yuqori baholaydi va u bilan butunlay xayrlashishni istamaydi. Shu sabab klub futbolchini ijaraga yuborish variantini ustuvor deb bilmoqda.
Bu borada Nvaneri Gabriyel Jezus, Gabriyel Martinelli va Fabiu Viyeradan farq qiladi, ushbu uch futbolchi doimiy transfer uchun sotuvga qo‘yilgan.
BBC ma’lumotiga ko‘ra, Nvaneriga qiziqish bildirayotgan klublar orasida “Fulxem”, “Milan”, “Leyptsig” va “Borussiya Dortmund” bor.

Fikrlar