"Arsenal" shayxlardan rekord daraja transfer puli oladi
«Arsenal» hujumchisi Gabriel Martinelli Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga o‘tish arafasida turibdi.
The Athletic nashri xabariga ko‘ra, saudiyaliklar londonlik klub bilan braziliyalik vinger transferi bo‘yicha deyarli kelishuvga erishgan. Tomonlar 70 million yevro miqdoridagi to‘lov yuzasidan kelishib olgan, bitimda qo‘shimcha bonuslar ko‘zda tutilmagan.
Hozircha faqat ayrim mayda-chuyda masalalarni kelishib olish qolgan.
Martinelliga to‘rt yillik shartnoma taklif etilgan. Manbalarga ko‘ra, moliyaviy shartlar futbolchi uchun muammo bo‘lmasligi kutilmoqda, biroq hozircha barcha taraflar o‘rtasida to‘liq kelishuv rasmiy tasdiqlanmagan.
Agar bitim amalga oshsa, bu «Arsenal» tarixidagi eng yirik transfer sotuvi bo‘ladi. Klubning amaldagi rekordi 2017 yilda qayd etilgan — o‘shanda Aleks Oxsleyd-Chemberlen «Liverpul»ga 38 million yevro evaziga sotilgan edi.

Fikrlar