"Arsenal" so‘nggi bor bunday natijani 10 yil muqaddam qayd etgan edi

  • 2 aprel, 2019, 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Angliya premer-ligasining 32-turida “Arsenal” o‘z maydonida “Nyukasl”ni 2:0 hisobida engdi.

Tecno

“Kanonirlar” shu tariqa joriy mavsum o‘zlarining uy stadioni hisoblangan "Emireyts"da o‘tkazilgan APLning ketma-ket 10ta uchrashuvida g‘alaba qozonishdi. E’tiborlisi, “Arsenal” bunday natijani so‘nggi bor bundan 10 yil muqaddam amalga oshirgan edi. Aniqrog‘i, Arsen Venger boshchiligidagi jamoa 1998/99 yilgi mavsumda ushbu ishni uddalagan.

Eslatib o‘tamiz, Unai Emeri jamoasi ayni damda 63 ochko jamg‘argan holda premer-liga musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!