«Arsenal» «Tottenxem» sardorini transfer qilishi mumkin

  • 07.08.2026 15:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Arsenal» klubi «Tottenxem» va Argentina terma jamoasi markaziy himoyachisi Kristian Romeroni oʻz safiga qoʻshib olish variantlarini koʻrib chiqmoqda.

 

The Athletic nashri maʼlumotlariga koʻra, Angliya chempioni hisoblangan «Arsenal» yozgi transfer oynasi davomida 28 yoshli argentinalik futbolchini qoʻlga kiritishga urinish mumkin. Romeronning oʻzi ham yaqin vaqt ichida jamoasini oʻzgartirish fikriga yomon qaramayotgani aytilmoqda.

 

Shu bilan birga, hozircha «Tottenxem» sardorini qoʻlga kiritish boʻyicha asosiy daʼvogarlik sifatida madriddlik «Atletiko» tilga olinmoqda. Milaning «Inter» jamoasi ham Romeroga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mutaxassislar argentinalik himoyachining ehtimoliy transfer qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda Kristian Romero Angliya chempionati doirasida «Tottenxem» tarkibida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bir bor golli pas muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!