"Arsenal" uch muhim futbolchi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

  • 12.10.2026 17:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Arsenal» jamoasi yetakchi futbolchilari bilan shartnomalarni uzaytirish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «kanonirlar» bir necha oydan beri Deklan Rays, Martin Edegor va Yurrien Timber bilan yangi bitim shartlarini muhokama qilmoqda. 

Hali hech biri bilan rasmiy ravishda shartnoma imzolanmagan, ammo klub rahbariyati noyabr oyidagi terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffus davrida bu masalani yakuniga yetkazishni rejalashtirgan. Hozircha barcha futbolchilar bilan faqat yakuniy tafsilotlarni kelishib olish qolgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!