"Arsenal" Uilshir bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Londonning “Arsenal” klubi tez orada jamoa yarim himoyachisi Jek Uilshir bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlamoqchi. Aytish lozimki, 25 yoshli angliyalik futbolchining “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi.

Londonliklarning birdan bunday qarorga kelishiga Aleksis Sanches va Mesut O‘zillarning jamoadan ketishi tobora oydinlashib borayotgani sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Uilshir joriy mavsum Angliya premer-ligasida bor yo‘g‘i 1ta uchrashuvda ishtirok etdi va 1ta golga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!