
"Arsenal" Unai Emeri boshqaruvida ilk bor bunday natijani qayd etdi
Xabaringiz bor "Arsenal" kecha APLning 32-turida doirasida "Nyukasl"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa "kanonirlar" qatorasiga 3ta o‘yindan buyon o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yuborishmadi. Bundan avval "Renn" (3:0) va "Manchester Yunayted" (2:0) ham ularning darvozasiga yo‘l topa olishmagan edi.
BBC tarqatgan xabarga ko‘ra “Arsenal” so‘nggi bor 2017 yilning dekabrida ketma-ket 3ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan edi. O‘shanda Arsen Venger boshqaruvidagi londonliklar "Vest Xem" (0:0, 0:1) va "Nyukasl"ga (1:0) qarshi o‘yinlarda gol o‘tkazib yuborishmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Unai Emeri jamoasi ayni damda 63 ochko bilan premer-liga musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turishibdi.
Fikrlar