"Arsenal" va "Inter" yozda o‘zaro hujumchi almashtirishlari mumkin

  • 02.04.2019 15:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" va "Inter" mavsumlar oralig‘idagi transferlar davrida o‘zaro futbolchi almashtirishmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” yozda argentinalik forvard Mauro Ikardini o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi va buning evazi “neradzurrilar”ga Aleksandr Lyakazett yoki Per-Emerik Obameyang kabi hujumchilardan birini berishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Ikardi so‘nggi paytlarda "Inter" rahbariyati va murabbiylari bilan kelisha olmayapti. Shu boisdan ham u katta ehtimol bilan mavsum yakunlangach jamoadan ketishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, Ikardini "Arsenal"da shaxsan jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri ko‘rishni xohlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!