"Arsenal" va "Liverpul" narxi 100 million evrolik futbolchi uchun raqobat boshladi
Huquqlari Londonning "Vest Xem" klubiga tegishli bo‘lgan hujumkor yarim himoyachi Muhammad Qudusga Premer-liganing ikki top klubi qiziqish bildirmoqda. Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli ganalik futbolchining xizmatlariga "Arsenal" va "Liverpul" klublari jiddiy qiziqib qolgan.
Qayd etish joiz, Kudusning shartnomasidagi tovon puli 100 million evroni tashkil qiladi. Muhammad va "bolg‘achilar" o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2028 yilning yoziga qadar imzolangan. "Liverpul" va "Arsenal" rahbariyati esa kelasi yozda belgilangan tovon pulini to‘lab, Kudusni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Futbolchining o‘zi ham Chempionlar ligasi darajasidagi klubga o‘tishni xohlaydi.
Muhammad Qudus joriy mavsum Angliya Premer-ligasida jami 8 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. U "Vest Xem" safiga 2023 yil Amsterdamning "Ayaks" klubidan ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar