"Arsenal" va "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi: Endi futbol ko‘rmayman

  • 19 aprel, 2021, 14:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” va “Manchester Siti” klublarining sobiq futbolchisi Bakari Sanya ham yangi tashkil etilgan Evropa Superligasi haqida gapirdi.

Tecno

“Okey. Men futbolni tomosha qilishni to‘xtataman, deb o‘ylayman, chunki men bilgan futbol endi futbol emas”, - deb yozdi frantsiyalik futbolchi.

Evropa Superligasida 20 ta grand klub 2 guruhga bo‘lingan holda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ushbu 20 ta klubning 15 tasi musobaqaning muntazam ishtirokchisi bo‘ladi, qolgan 5 ta klub saralash orqali har yili o‘zgarib turishi mumkin.

Superligaga “Real” prezidenti Florentino Peres rahbar bo‘ldi. Unga MYu va "Yuventus" prezidentlari o‘rinbosar etib tayinlandi.

Bundan avvalroq, UFC chempioni Habib Nurmagamedov ham Superliga haqida o‘z fikrini bildirib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!