Asosiy mazmunga oʻtish

«Arsenal» va «Manchester Yunayted» 65 mln yevroga baholangan hujumchini sotib olmoqchi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Arsenal» va «Manchester Yunayted» Evanilsonni sotib olmoqchi, «Bornmut» esa uni kamida 65 million yevroga baholamoqda.

«Bornmut» jamoasida to‘p surayotgan braziliyalik hujumchi Evanilsonga Angliya premyer-ligasining ikki yetakchi klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

 27 yoshli forvardni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublari bor. Ikkala jamoa ham futbolchi bo‘yicha rasmiy ma’lumot so‘rab, «Bornmut» bilan aloqaga chiqqan.

Shu bilan birga, «Bornmut» hozircha Evanilsonni sotish tarafdori emasligi ta’kidlanmoqda. Klub rahbariyati unga kamida 65 million yevro baho qo‘ymoqchi. Qiyos uchun, Transfermarkt portalida hujumchining bozor qiymati 35 million yevro etib ko‘rsatilgan.

Joriy mavsumda Evanilson Angliya premyer-ligasi va Yevropa ligasida jami to‘qqiz o‘yinda maydonga tushdi, uch bor gol urdi va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q