"Arsenal" "Valensiya" posboniga qiziqib qoldi
Ispaniyaning “Valensiya” klubi darvozaboni Neto faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Plaza Deportiva nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli braziliyalik posbonga Londonning “Arsenal” klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. “Kanonirlar” vakillari allaqachon uning bu boradagi fikrini bilish uchun u bilan bog‘lanishgan. “Ko‘rshapalaklar” esa uning transferi borasida bildiriladigan moliyaviy yaxshi taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Neto joriy mavsum “Valensiya” safida 47ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar