Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Arsenal" Vinisiusni qo‘lga kiritish yo‘lini topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Artetaga aynan shu oʻyinchi kerak

Londonning «Arsenal» klubi Madridning «Real» jamoasi yarim hujumchisi Vinisius Juniornı oʻz safiga qoʻshib olish rejasini jiddiy koʻrib chiqmoqda.

HandofArsenal nashri maʼlumotlariga koʻra, braziliyalik futbolchini olish gʻoyasi klub ichidagi muhokamalarda toʻliq qoʻllab-quvvatlangan. 

«Arsenal» rahbariyati Vinisiusning vakillari bilan aloqa oʻrnatib, uning atrofidagi odamlar bilan suhbatlashgan, shuningdek, ehtimoliy transferning moliyaviy jihatlarini ham oʻrganib chiqqan. Shu jarayondan soʻng londonliklar bu kelishuvni amalga oshirish mumkin, degan xulosaga kelgan.

Xabarga koʻra, agar Vinisius Junior «Real» bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmasa, «Arsenal» 26 yoshli hujumchi uchun katta miqdorda toʻlov taklif qilishga tayyor.

Transfermarkt portali bahosiga koʻra, Vinisius Juniorning transfer qiymati 140 million yevroni tashkil etadi. Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil oʻrtalarida nihoyasiga yetadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q