“Arsenal” yarim tarkibdan voz kechdi

  • 27 aprel, 2021, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, Evrokuboklardan quruq qolishga yaqin turgan “Arsenal” yozda tarkibini yangilashni rejalashtirmoqda.

Mikel Arteta transferlar davrida jami olti nafar futbolchini sotib yuborishni istamoqda. London klubini aniq tark etadigan o‘yinchilar ro‘yxatiga hujumchilar Eddi Nketia va Aleksandr Lyakazett, himoyachilar Ensli Meytlend Nailz, Ektor Belerin, yarim himoyachilar Lukas Torreyra va Matteo Genduzi kiritilgan.

Bu futbolchilardan ayrimlari ayni paytda boshqa klublarda ijarada o‘ynamoqda.

Yuqorida nomi keltirilgan o‘yinchilarni sotib yuborish orqali, “kanonirlar” 124 million funt ishlab oladi va bu mablag‘ Mikel Artetaning g‘oyalarini amalga oshira oladigan yangi ijrochilarni olish uchun sarflanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!