"Arsenal" yosh hujumchi uchun 100 million yevro bermoqchi

  • 17.02.2026 17:35
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Leyptsig" futbolchisi Yan Dyomande faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqida "TEAMtalk" nashri xabar bermoqda. 

Manba ma'lumotiga ko'ra, 19 yoshli vingerga Londonning "Arsenal" klubi jiddiy qiziqish bildirayotir. "To'pchilar" Yanni Martinelligа o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Nemis klubi hujumchi transferidan 100 million yevro ishlab olishni ko'zlagan. "Kanonirlar" esa bu summani berishga tayyor. Bundan tashqari, Dyomandening xizmatlariga "Bavariya", "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. 

Futbolchining ayni vaqtda "trasnfermarkt" portalidagi narxi 45 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Ma'lumot uchun, Yan joriy mavsum "Leyptsig" safida jami 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 6 ta golli uzatmani o'z nomiga yozdirib qo'ygan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!