
"Arsenal" yoshlarga ishonishda davom etadi
"Arsenal" hujumchisi Gabriel Martinelli jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda "Sport.es" nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, braziliyalik forvardning "kanonirlar" bilan yangi kelishuvi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Shartnomaning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmadi.
Ma’lumot uchun, Martinelli 2019 yildan beri London klubida o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsum 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urib, ikki golga assistentlik qilgan.
Fikrlar