"Arsenal" yozda La Liga klubiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
Londonning "Arsenal" jamoasi Ispaniya klubiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini rejalashtirdi.
Klub matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, "Arsenal" futbolchilari "Betis"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 5 avgust kuni Irlandiyada boʻlib oʻtadi.
Joriy mavsumda Mikel Arteta shogirdlari Angliya Premyer-ligasida 31 turdan soʻng 70 ochko jamgʻarib, musobaqa peshqadami boʻlib turibdi. Londonliklar ikkinchi oʻrinda borayotgan "Manchester Siti"dan 9 ochko oldinda.
"Arsenal" navbatdagi oʻyinini 11 aprel kuni oʻz maydonida "Bornmut"ga qarshi oʻtkazadi.
Fikrlar