“Arsenal”ni muhim o‘yinchisi ketadi

  • 21 iyun, 08:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi va Evropa maydonlarida yuqori natijalar uchun kurashishni maqsad qilgan “Arsenal” muhim o‘yinchini jamoada qolishga ko‘ndira olmadi.

Tecno

Gap yarim himoyachi Tomas Parti haqida ketmoqda.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, “kanonirlar” futyuolchi bilan bir necha raunddan iborat muzokara o‘tkazdi. Biroq o‘yinchi 30 iyun kuni yakunlanadigan shartnomani uzatirishni istamadi.

Ayni paytda Tomas Partiga bir necha klublardan taklif tushmoqda. Tadribali yarim himoyachi o‘ziga ma’qul variantlarni o‘rganib chiqishini bildirgan.

Tomas Parti “Arsenal”ga 2020 yili yozda olib kelingan edi. 32 yoshli futbolchi Londondagi besh yillik faoliyatidan keyin muhitni o‘zgartirishni ma’qul ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!