"Arsenal"ning asosiy transfer maqsadi ma’lum

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi, deya yozmoqda "Tuttomercato" nashri.

Manbaning xabariga ko‘ra, "kanonirlar" yozda "Yuventus" forvardni Alvaro Moratani xarid qilishga urinib ko‘radi. Ispaniyalik futbolchining transfer huquqi "Atletiko"ga tegishli hisoblanadi.

"Transfermarkt" portali Moratani 35 million evroga baholamoqda. Alvaro joriy mavsum barcha musobaqalarda 33ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan va 6ta golga hammualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!