
Arslanmirat Amanovning AGMK bilan shartnomasi tugadi. Unga "So‘g‘diyona" qiziqmoqda
Turkmaniston terma jamoasi sardori va AGMK klubi yarim himoyachisi Arslanmirat Amanov yangi mavsumni katta ehtimol bilan boshqa klubda davom ettiradigan bo‘lib turibdi.
Chunki uning AGMK bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgan va erkin agentga aylangan. Amanov olmaliqliklar safida Superliga bahslarida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib 2 ta gol urdi.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda “So‘g‘diyona” klubi turkmanistonlik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu borada muzokaralar olib borilyapti.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Amanov AGMKdan tashqari Superligamizda “Lokomotiv” va “Buxoro” klublarida ham to‘p surgan.
Fikrlar