Arteta Dyokeresh atrofidagi bosim haqida fikr bildirdi

  • 03.01.2026 12:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Viktor Dyoqeresh bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

"Kelgusi besh yil ichida uning atrofida juda ko‘p shov-shuv bo‘ladi. Bu holatdan qochib bo‘lmaydi. “Arsenal” bilan to‘qqizinchi raqam ostida hujumchi sifatida shartnoma imzolagan kundan boshlab, uning o‘tmişi va kutilmalarni hisobga olsak, bu tabiiy. Bu — “Arsenal”ning to‘qqizinchi raqamli hujumchisi hayoti.

Sen bu futbolkani kiyganingda muayyan talablar mavjud bo‘ladi. U buni bilgan va bu rejaning bir qismi edi. Men uni har kuni mashg‘ulotlar va yig‘inlarda ko‘raman, u qanchalik muvaffaqiyatga erishishni istayotganini yaxshi bilaman.

Mikel Arteta, Manager of Arsenal, speaks with Leandro Trossard and Viktor Gyoekeres of Arsenal during the Premier League match between Arsenal and...

U har bir o‘yinda qanday ishlayotganiga qarab, hammasi yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylayman. Hozir unga faqat bitta narsa yetishmayapti — ko‘proq gol urish. Qolgan jihatlarda u barchasini to‘g‘ri bajaryapti", — dedi Arteta.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli hujumchi "kanonirlar" safida Angliya Premier-ligasida 17 ta o‘yinda 5 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!