
Arteta Obameyangning klubdagi kelajagi bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jama forvardi Per-Emerik Obameyangni klubda olib qolish niyatidaligini aytib o‘tdi.
"Obameyang - jamoa uchun muhim futbolchilardan biri. Klubga kelgan vaqtimda u borasida menda turli savollar bor edi, biroq u o‘z harakatlari bilan yuqori savili futbolchi ekanligini namoyish eta oldi. Endi esa uni jamoada olib qolishimiz kerak.
Boshqa top klub rahbarlari Perni qo‘lga kiritishni xohlashlari tabiiy holat. U bunday qiziqishlarga munosib futbolchi. Ammo uning "Arsenal"da ham kelajagi bor", - deydi Arteta.
Joriy mavsumda "Arsenal" libosida 30 ta o‘yinda maydonga tushgan gabonlik futbolchi 19 ta gol urishni uddaladi.
Fikrlar