Arteta "Real"ni qanday yutmoqchi ekanini aytdi

  • 5 aprel, 15:21
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Evropa Chempionlar Ligasi chorak final bosqichida “Real Madrid”ga qarshi o‘yindan avval o‘z fikrlarini bildirdi.

“Jamoamiz o‘zini raqibdan kuchliroq deb ishonishi kerak. Uchrashuv boshidan to oxirigacha shunday bo‘lishi zarur. Chempionlar Ligasida natijani kichik epizodlar hal qilishi mumkinligini juda yaxshi bilamiz,” – deya Artetaning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

“Arsenal” va “Real” o‘rtasidagi ilk uchrashuv 8-aprel kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkenti vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. Javob bahsi esa “Santiago Bernabeu”da o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!