Arteta "Roma" sardorini o‘z jamoasiga olib kelmoqchi

  • 16 yanvar, 15:07
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Lorentso Pellegrini "Arsenal"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda "La Repubblica" nashri ma’lum qildi.

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. "To‘pchilar" ning e’tibor markazida "Roma" yarim himoyachisi va sardori Lorentso Pellegrini turibdi. Italiyalik futbolchiga "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda.

Bundan tashqari, xavbekka "Inter" va "Napoli" ham da’vogarlik qilmoqda. "Arsenal" Lorentsoni o‘z safiga qo‘shib olish uchun A Seriyaning nufuzli jamoalari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. 

Ma’lumot uchun, yarim himoyachining "bo‘rilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.Transfermarkt 28 yoshli futbolchini 14 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda Pellegrini barcha musobaqalarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!