Arveladze: Hotirjamlikka berilmaymiz
O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan AGMK hamda "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (0:3) so‘ng toshkentliklar ustozi Shota Arveladze uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘yinlar oralig‘i qisqa bo‘lgani sababli tiklanish omon emas. Tez gol urganimiz yaxshi bo‘ldi, ular himoyada juda zich o‘ynashayotgandi. Ikkinchi goldan keyin esa bo‘sh hududlarni topish osonroq kechdi. Umuman olganda, bahsni nazorat qildik.
Bizni terma jamoalar o‘yiniga qadar yana muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Navbatdagi bellashuvlarda ham g‘alaba qozonishga intilamiz. Sur’atni yo‘qotmay, xotirjamlikka berilmaymiz. Raqibga keyingi o‘yinlarda omad tilayman", - deb gruziyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.

Fikrlar
Қайси овсарни гапи бу?
SSSR davrida dunyoning birinchi raqamli buyuk Imperiyasida o'z nomini chiqara olganini.
OCHLda asosan o'zbekistonlik futbolchilar bilan ikki marta ketma-ket yarim finalga chiqa olganini.
Boshiga ne kunlar tushsa xam doim yana bosh ko'tara olishini.
O'zbek futbolida nom qozongan deyarli barcha futbolchilarni o'z akademiyasidan chiqarganini.
O'z duxiga va uslubiga ega ekanini.
Xech qachon xomiy qo'liga qaram bo'lmaganini,pul bo'lsa,bo'lmasa faqat chempionlik uchun kurashishini.....davom etsa bunga yillar ketadi