
Arveladzega kerak bo‘lmagan futbolchi O‘zbekiston MTJga jalb etildi. Bosh jamoada AGMK murabbiylar shtabidan vakil ham bor
AGMK jamoasidan terma jamoalarimizning oktyabr oyidagi tashkil etiladigan yig‘inlariga chaqiruv olishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasiga AGMK vingeri Jasur Yaxshiboev, Lyubinko Drulovich boshchilik qilayotgan Olimpiya terma jamoamiz yig‘iniga esa yosh darvozabon Nizomiddin Ziyovutdinov jalb etildi.
Shuningdek, olmaliqliklar murabbiylar shtabida faoliyat ko‘rsatadigan massajchi Abdulla Rizboev ham oktyabr oyidagi yig‘inida bosh jamoamizga ko‘mak beradi.
O‘zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Toshkentda Yaman (10 oktyabr) va safarda Singapurga (15 oktyabr) qarshi bellashadi.
Fikrlar