Asad Rahimjonov: "Maqsadlarimga "Bunyodkor" orqali erishishni niyat qilganman"

  • 11 yanvar, 13:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun iqtidorli futbolchi Asadbek Rahimjonovning "Bunyodkor" bilan shartnoma imzolagani haqida xabar saytimiz orqali xabar berib o‘tgandik. Klub tarbiyalanuvchisi quyidagicha fikr bildirdi:

Tecno

"Faoliyatimni yana “Bunyodkor” bilan bog‘laganimning asosiy sababi bu – ishonch. Murabbiylar shtabi, futbolchilar, xodimlar, rahbariyat - xullas hammaning ishonchi va albatta ichki muhit.

“Bunyodkor” ikkinchi uyim. Bolaligim shu dargohda o‘tgan. Akademiya tarbiyalanuvchisiman. Uyimga qaytdim, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Futbolchi sifatida o‘z oldimga yuqori maqsadlarni qo‘yganman. Bu maqsadlarimga “Bunyodkor” orqali etishni niyat qilganman", - deydi Rahimjonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!