
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev 14 aprel kuni jang qiladi. Raqib ma’lum!
Xabaringiz bor, 14 aprel kuni Toshkentda katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. “IBA chempionlar oqshomi”ning markaziy jangida Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi jang qiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi, Jahon terma jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Hozirga kelib, bokschilarimizning raqiblariga oydinlik kiritilmoqda. Jumladan, Parij Olimpiadasiga yo‘llanmani naqd qilgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ham ushbu kechada 67 kg vaznda ringga ko‘tariladi. Bokschimizning bizga ma’lum qilishicha unga turkiyalik Fatix Keles raqiblik qiladigan bo‘ldi.
Qolgan bokschilarimizning raqiblarini ham tez orada e’tiboringizga havola etamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar