Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev qozog‘iston vakilidan ustun keldi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilyapti.
-65 kg da hamyurtimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev qozog‘istonlik Ertug‘an Zeinulinov to‘qnashuvi yakunlandi. Bokschimizning katta ustunligida kechgan bahs hisobda ham o‘z aksini topdi. Mo‘ydinxo‘jaev 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir vakilimiz Fazliddin Erkinboev va Hamza Sriri (Belgiya) jangi kutmoqda.
Fikrlar