Asensio yozda APL klubiga o‘tmoqchi
Madridning “Real” klubi vingeri Marko Asensio mavsumlar oralig‘ida "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tmoqchi.
Ispan nashrlarining yozishicha 23 yoshli futbolchi o‘zining “qirollik klubi”dagi holatidan qoniqmayapti. O‘z navbatida MYu buning uchun madridliklarga 80 mln evro taklif qilmoqchi. Bundan tashqari, Asensioning o‘ziga ham yaxshigina maosh va’da qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Asensio joriy mavsum “Real” safida jami 35ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar