Asosiy mazmunga oʻtish

Asensio zahirada qolgani haqida: "Bu masalani bunchalik kattalashtirishni tushunmayman"

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Ispaniyalik himoyachi zahirada qolayotganiga izoh berdi

Madridning "Real" klubi himoyachisi Raul Asensio so‘nggi uchta o‘yinni zahirada o‘tkazgani bo‘yicha aytilgan gaplarga munosabat bildirdi.

Avvalroq muxlislardan biri nega maydonga tushmayotgani haqida so‘raganda, futbolchi: "Bu haqida Arbeloadan so‘rash yaxshiroq", — deb javob bergan edi.

Keyinchalik Asensio bu so‘zlari atrofidagi muhokamalarga izoh berdi.

"Nega bu vaziyatdan shunchalik katta muammo yasalayotganini tushunmayman. Murabbiy — o‘yin uchun javob beradigan inson, u kimni maydonga tushirish va kimni almashtirishni hal qiladi. Men unga ham, barcha jamoadoshlarimga ham katta hurmat bilan qarayman", — deb yozdi Asensio.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q