Ashaddiy raqiblar “Siti” darvozabonini olib qoʻymoqchi
Angliya Premier-ligasining grand klublaridan “Liverpul” va “Chelsi” tarkibini kuchaytirish maqsadida “Manchester Siti” darvozaboni Jeyms Trafford uchun kurashga qo‘shildi.
23 yoshli darvozabon muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish ilinjida yozgi transferlar oynasi davrida “Manchester Siti”ni tark etishi kutilyapti.
Goal nashri ma’lumotiga ko‘ra, uni “Liverpul” va “Chelsi” to‘liq transfer qilish uchun pul sarflashga tayyor ekan.
Aslida Xosep Gvardiola o‘tgan yoz Jeyms Traffordni asosiy darvozabon qilish uchun “Börnli”dan qaytargan edi. Ammo jamoaga Janluiji Donnarumma kelganidan keyin angliyalik gopkiper zahiraga mixlandi.
Yaqinda Trafford Angliya terma jamoasida debut qildi. Bu o‘rnini saqlab qolishi uchun u muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak.
“Siti” bilan 20230 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega Trafford joriy mavsumda u 14 o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol o‘tkazib yuborgan va 7 o‘yinda darvozasini daxlsiz saqlagan.

Fikrlar