Asia Auto Gymkhana Championship 2025" musobaqasi. O‘zbekiston 4-o‘rinda!
Hindistonda "Asia Auto Gymkhana Championship 2025" musobaqasining uchinchi bosqichi yakunlandi.
Hindistonda "Asia Auto Gymkhana Championship 2025" musobaqasining uchinchi bosqichi yakunlandi. O‘zbekiston avtosport terma jamoasi ajoyib natijaga erishib, darhol ikki podiumni qo‘lga kiritdi!
"Male-Double" yo‘nalishida:
Dilshod Yusupov va Alim Ahmadjanov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
"Mixed Double" yo‘nalishida:
Dilshod Yusupov va Sabina Yusupova kumush medalni qo‘lga kiritib, podiumning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
Uch bosqich yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 13 ta Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlar orasida 43 ochko to‘plab, umumiy reytingda 4-o‘rinni egallab turibdi. Oldinda yana ikki hal qiluvchi bosqich – Tayvan va final bosqichi Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Chempionlik uchun kurash davom etmoqda, eng muhim poygalar hali oldinda!

Izohlar (0)