Asker Najafaliev Indoneziya Superligasida ishlaydi
O‘zbekistonlik hakam Asker Najafaliev Indoneziya Superligasi tomonidan tur uchrashuvlarini boshqarish uchun rasmiy taklif oldi.
Bu haqida O‘zFHM matbuot xizmati ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, u “Arema” — “Persib Bandung” hamda “Bxayangkara” — “Malut United” jamoalari o‘rtasidagi bahslarda bosh hakam sifatida ishlaydi.
Hamyurtimizga bo‘lajak o‘yinlarni muvaffaqiyatli boshqarishini tilab qolamiz.



Fikrlar