Aspas: Pogba va Kante "Real"ga umuman mos kelmaydi

  • 12.04.2019 16:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Seltya" klubi forvardi Yago Aspas "Real" Madrid klubining yozgi transferlarda ko‘zlayotgan futbolchilari haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Tilga olinayotgan futbolchilar orasida menga Azar va Mbappe yoqdi. Ammo, Pogba va Kante “Real”ga umuman mos kelmaydi. Chunki, “Real” safida bundanda yaxshiroq futbolchilar borligiga ishonaman. Bundan tashqari, ular hozir yaxshi formada emas. Ularning o‘rniga Tyago Alkantarani olib kelgan bo‘lardim, u menga Pogba va Kantedan ko‘ra ko‘proq yoqadi”, - deydi Aspas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!