Asror Aliqulov: "Aqlliroq futbol o‘ynash kerak"

  • 12 mart, 2022, 21:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Pro liganing 2-turida “Sho‘rtan” jamoasi o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi. Lekin g‘alaba qozonish ikkala klubga ham nasib qilmadi – 0:0. Uchrashuvdan so‘ng, “Sho‘rtan” bosh murabbiyi Asror Aliqulov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- “Buxoro” jamoasining qanday hujum qilishini va o‘yin ko‘rsatishini bilgan holda taktikani o‘zgartirdik. Birinchi bo‘limda yaxshi imkoniyatlarga ham ega bo‘ldik. Afsuski, gol urolmadik. Bu esa uchrashuv oxirlarida ta’sir qildi, deyish mumkin.

“Buxoro” tarkibidagi futbolchilar Superligada o‘ynashgan va qolganlari pro liga saviyasida. Shunga qaramay, futbolchilarimiz qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi.

“Turon”ga qarshi ham yigitlarimiz yaxshi o‘ynashgandi. Raqibda imkoniyat kam bo‘lgandi. Ammo ular bir kishi kam bo‘lib qolganidan keyin xatoimiz va aqlsiz futbol o‘ynaganimiz tufayli yutqazdik. Shundan keyin ham o‘yinchilarimizni bugungi uchrashuvga tayyorlash oson bo‘lgani yo‘q. Hatto, biz murabbiylar ham “Turon” bilan bellashuvdan keyin to‘liq tiklana olganimiz yo‘q.

Bu safargi raqib yanada jiddiyligi, “Turon”dan kam emasligini futbolchilarga uqtirdik. Individual xatolarni hisobga olmaganda, jamoamiz yaxshi o‘ynadi. Aqlliroq futbol o‘ynashni yigitlarga tushuntiryapmiz. Charchab qolish alomati esa ko‘p to‘p yo‘qotishdan kelib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!