Asror Aliqulov Navoiydagi 3:3,"Sho‘rtan"dagi taqdiri va o‘yinni boshqargan ayol hakamlar haqida nima dedi?

  • 29.11.2025 22:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionatning so‘nggi turida “Sho‘rtan” klubi Navoiyda “Qizilqum”ga qarshi maydonga tushdi va gollarga boy o‘tgan o‘yin jangovar durang - 3:3 bilan tugadi. Uchrashuvdan keyin “Sho‘rtan” bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

-Gollarga boy o‘yin ko‘rdik. O‘yin muxlislarga yoqdi. Buning uchun futbolchilarga minnatdorlik bildiraman. Birinchi bo‘limda ko‘proq himoyaga e’tibor qaratdik. Uchrashuv oxirida hujumga ko‘p urg‘u berdik. G‘alaba qozonishni xohladik. Afsuski, oxirgi soniyalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Maydonda o‘ynagan har bir futbolchi o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatishga harakat qildi. Bu mavsumni oxirgi uchrashuvi edi. Yigitlarga mehnati uchun minnatdorchilik bildiraman.

- “Sho‘rtan” qiyin vaziyatdan chiqib keta olishini ko‘rsatdi. O‘yin davomida mag‘lubiyatdan qutuldi va hisobda oldinga chiqib oldi. Oxirida esa g‘alaba qo‘ldan chiqarildi. Mana shunday paytda murabbiylarda qanday his-tuyg‘ular kechadi?

- Bu oddiy xato. Himoyachilarga ko‘p uqtiramiz. To‘p uzatish, qo‘pollik, jarima to‘pi bizni darvozamiz oldida. Keraksiz joyda qoida buzish...Oxirgi soniyalarda sergaklikni oshirishimiz kerak edi. Biroq standartdan gol o‘tkazib yubordik. O‘zimizni qo‘limizda edi, vaziyatni bu holatgacha olib kelmasligimiz kerak edi.

- O‘zbek futboli tarixida birinchi marta ayol hakamlar Superliga o‘yinini boshqarishdi. Sizning hakamlik haqidagi fikringiz qanday?

- Superligada birinchi marta ayol hakamlar o‘yinni boshqarishdi. Ayol hakamda tempga tushish va his-hayajon bo‘lishi mumkin, degan fikr o‘tdi. Lekin o‘zini yaxshi tutdi, yaxshi hakamlik qildi. Hech qanaqa e’tirozimiz yo‘q. Birinchi uchrashuv uchun ayol hakam o‘yinni juda yaxshi boshqardi.

- Keyingi rejangiz qanday? “Sho‘rtan”da qolasizmi yoki takliflar bormi?

- “Sho‘rtan”da qolaman va jamoani pro ligadan Superligaga qaytarishimiz kerak. Klub rahbarlari oxirgi yillarda jamoa uchun juda ko‘p ishlar qilishdi. “Sho‘rtan” Superliga darajasidagi jamoa. Homiyimiz ham bizni qo‘llab-quvvatlayapti. Kelasi yili “Sho‘rtan”da qolib, klubni Superligaga qaytarmoqchimiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!