Asror Aliqulov: "Paxtakor" o‘zimizning xatolar evaziga jazoladi"

  • 10 aprel, 2023, 21:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Paxtakor” – “Qizilqum” (3:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin navoiyliklar ustozi Asror Aliqulov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bu o‘yinga tayyorgarlik jarayonida “Paxtakor” jamoasiga futbolchilarimni bosim uyushtirishga tayyorlagandik. Afsus, bosim evaziga birinchi golni o‘tkazib yubordik. O‘yin davomida to‘p bilan muomalada ham sekin harakat qildik. Shu tomonlama “Paxtakor” bizdan ko‘ra tezroq fikrladi, tezroq to‘p bilan ishladi. Bugun himoyadan hujumga tezroq o‘tishni va hujumlarimizni yaxshi yakunlashni maqsad qilgandik. Birinchi bo‘limda bir-ikkita vaziyatlarni yaratishga urindik. Ikkinchi bo‘limda 10 kishi qolganimizda bosim uyushtirib, to‘pni olib qo‘yishimiz evaziga gol urdik.

- “Qizilqum” ancha vaqtdan beri mag‘lubiyatlarga uchramoqda. Buni sababi nimada deb o‘ylaysiz? Aynan “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvlarda noxush an’ana davom etadi va darvozasidan ko‘proq gollar o‘tkazib yuboradi...

- Jamoamiz yangi. Aksariyati o‘tgan yilgi qolgan futbolchilar, aynan ko‘proq zaxirada qolishgan. Bir qator yangilarni taklif qildik. Bugun xatolar evaziga gollar o‘tkazib yubordik. Hali bir jamoa bo‘lib shakllanishimizga biz uchun biroz vaqt kerak. Lekin Superliga kutib turmaydi. Imkon darajasida harakat qilyapmiz. “Paxtakor” ko‘proq o‘zimizning xatolarimiz evaziga jazoladi. Yangi jamoa bo‘lganimiz uchun tartibli o‘yin bo‘yicha ham ancha ish olib borishimiz kerak. Uchinchi qizil kartochkani olishimiz...

- Hujum chizig‘idan qay darajada qoniqyapsiz? Jamoangiz 5 ta turda 3 ta gol urdi.

- Jasur Xolto‘raevni imkoniyatlarimizga mos kelganligi uchun olganmiz. Keyinchalik Viktor Mbaomani taklif qildik. Uni kirishib ketish jarayoni ozgina cho‘zilyapti. Bugun gol urdi va keyingi uchrashuvlardan yanada yaxshiroq o‘yin kutib qolamiz. Gollarimiz ko‘proq Kenjaboev va qarshi hujumda Xolto‘raevning harakati evaziga urilyapti. Jamoaviy o‘yin bo‘yicha ishlayapmizu, biroq oqsayapmiz. Ikkala qanot bir maromda ishlay olmayapti. Markazda ham o‘ynay oladigan, hujumni boshlaydigan futbolchi tarkibimizda yo‘q. Shu jihatdan ham qiyinchilikka uchrayapmiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!