Asror Aliqulov: "Raqib "Neftchi" bo‘lishiga qaramasdan maydonga g‘alaba uchun tushdik"

  • 25 oktabr, 22:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Cuperliganing 26-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” - “Neftchi” (0:2) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov qatnashdi.

Tecno

- Raqib “Neftchi” bo‘lishiga qaramasdan maydonga g‘alaba uchun tushdik. O‘yinni yaxshi boshladik, desam xato bo‘lmaydi. Pozitsion hujumlar qilishga harakat qildik. “Neftchi” ko‘proq yaxshi himoyalanadi, qarshi hujumga tayanadi. Yaxshi futbolchilarga ega. Asta-sekin “Neftchi”ga imkoniyatni berib qo‘ya boshladik. Baribir o‘yinchilar harakat qilishdi. Shuning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman.

- Narzullaevning yo‘qligi jamoa uchun katta yo‘qotish. O‘rnini qanchalik to‘ldira olasiz?

- Qiyin holat edi. Narzullaevni o‘rni baland. Gollar kiritish va hujumda ham o‘rni katta. Qiynaldik, ayrim futbolchilarni sinab ko‘rdik. Abror Toshqo‘zievda to‘xtadik. Boshqalari yosh, hali bu saviyada qiyin, raqib esa “Neftchi”. Baribir Doniyor Narzullaev bo‘lganida biz ishonchliroq o‘yin ko‘rsata olardik, deb o‘ylayman.

- Odil Abdumajidov qaydnomada yo‘q edi. Nima bo‘ldi?

- Unda kichik jarohat bor. Shu bois hozirda jarohatini tiklayapti. Yaqin kunlarda qaytadi, deb o‘ylayman. Jarohati borligi uchun qaydnomaga kiritmadik. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!