Asror Aliqulov "Sho‘rtan"ning mag‘lubiyati haqida nima dedi?

  • 19.03.2022 23:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Zomin” – “Sho‘rtan” (2:1) uchrashuvdan keyingi matbuot anjumaning ikkinchi qismida Sho‘rtan” jamoa bosh murabbiyi Asror Aliqulov  fikrlarini bildirdi.

 - O‘yinga tayyorgarlik jarayonida ob-havo sharoitini ham hisobga olgan edik. Maydon sirpanchiq, o‘yin jarayonida kurashlar ko‘p bo‘lishi, “Zomin” uzun paslar bilan o‘ynashini bilgan edik. Afsuski, 11 metrlik jarima to‘pidan gol qo‘yib yubordik. Bu holatda futbolchilarimiz tartibli o‘yin ko‘rsata olmadi.

Hujumdan himoyaga qaytish jarayonida ikkinchi marta 11 metrlik jarima belgilandi, raqibga bunday qulay imkoniyatni bermasligimiz kerak edi. Afsuski, gol o‘tkazib yuborgandan keyin hujumlarga berildik, xato orqali raqib bizdan foydalandi. Shunga qaramay, biz o‘yinni oxirigacha o‘ynab, ochko qo‘lga kiritish uchun kurashdik. Ko‘rdingiz, imkoniyatlar bo‘ldi, lekin gol urish nasib qilmadi.

“Zomin” jamoasi keskin, agressiv harakat qiladi. Bu yilgi “Zomin” pro ligada yuqori o‘rinlar uchun kurashadi. Tarkibiga qarab aytganda, futbolchilardagi ishtiyoq, kurashuvchanlik yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi.

 “Sho‘rtan” PFK  matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!