Asror Aliqulov: "Yuqori o‘ringa kurasha oladigan jamoa emasligimizni isbotlab qo‘ydik"

  • 14.08.2022 23:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Sho‘rtan” klubi pro liganing navbatdagi turida safarda “Aral Samali” bilan kuch sinashdi. G‘uzorliklarning imkoniyati yuqori baholangan bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mag‘lubiyatga uchragan “Sho‘rtan” bosh murabbiyi Asror Aliqulov o‘yindan keyin shunday dedi:

“Birinchi navbatda “Aral Samali”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Futbolchilar ishtiyoq evaziga g‘alaba qozonishdi. Darvozamiz oldida vaziyat yarata olishmadi. Ammo birgina xatoimizdan keyin penaltidan gol urishdi. Ular himoyalanishdi, vaziyatlar yaratdik, ammo golgacha olib bora olmadik. Bu biz uchun sharmandali mag‘lubiyat. Bugungi o‘yinimiz bilan yuqoriroq o‘rinlar uchun kurasha oladigan jamoa emasligimizni isbotlab qo‘ydik.

Birinchi maqsadimiz beshlikka kirish edi. “Aral Samali” juda qo‘pol himoyalandi. Sun’iy maydonda futbolchilarga tezroq o‘ynashlarini uqtirdik. Baribir mag‘lubiyatga sun’iy maydonni hech qanaqa daxli yo‘q. Qaysidir vaziyatlarda o‘yinni nazorat qildik. Ammo ishtiyoq katta rol o‘ynadi. Futbolchilar o‘zlarini ham, raqibni ham ayagani yo‘q. O‘zimizning o‘yinga kelsak, birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qilib turganimiz hisobidan “Aral Samali” kuchsizdek ko‘rindi. Imkoniyat yaratishda tezlik qo‘sha olmadik. Raqib gol urganidan keyin ishtiyoqi ikki barobarga oshdi. Agar birinchi bo‘limda Zoirov qulay imkoniyatdan foydalanganida balki yana yirik hisob bo‘lishi ham mumkin edi. Hamma ayb o‘zimizda", - dedi Aliqulov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!